Skip to content
akaturk Academic measurement

Article detail · 2025

Abdulla Qahhor va O‘rxon Kamol Hikoyalarida Folklorizmlar

Journal

Comparative Turkish Dialects and Literatures

ISSN 2822-4795

YÖKSİS OpenAlex Open access · diamond Citations 0 Percentile 11.3% FWCI 0.0
Year
2025
Type
article

Data source split

  • YÖKSİS YÖKSİS article record
  • YÖKSİS venue Comparative Turkish Dialects and Literatures
  • OpenAlex OpenAlex enrichment (abstract, citations, topics)

Abstract

English (OpenAlex)

Abdulla Qahhor va O‘rxon Kamol bir davrda yashab ijod qildi, asarlarida o‘z xalqining turmush tarzi, yashash sharoiti, xarakteri va xulq-atvorini realistik uslubda aks ettirishga harakat qildi. Ikki yozuvchi ham asarlaridagi qahramonlar ruhiyatini ochishda xalq og‘zaki ijodi namunalaridan unumli foydalandi. Xususan, Abdulla Qahhor va O‘rxon Kamol hikoyalarida xalq hikoyalari, maqollari, afsonalari, rivoyatlari, qo‘shiq, latifa, olqish va qarg‘ishlari u qadar muvaffaqiyatli qo‘llanilganki, bu uslubda yozilgan hikoyalar tom ma’noda xalqona uslubni shakllanishida katta ta’sirga ega bo‘ldi. Maqolada ikki yozuvchining ayrim hikoyalaridagi folklorizmlar, ularning milliy o‘ziga xosligi, xalqona estetik idealga asoslangani haqida fikr-mulohazalar bildirilgan. Hikoyalarning xalqchilligi va milliyligini ta’minlagan folklorizmlar tahlilga tortilgan. O‘zbek va turk xalq og‘zaki ijodi namunalarining o‘xshash va farqli jihatlariga ham e’tibor qaratilgan. Shuningdek, zamonaviy adabiyotda hikoya janrining vujudga kelishi va taraqqiyotida xalq og‘zaki ijodining ahamiyati hamda oddiy, analitik va murakkab folklorizmlarning hikoyalar mazmun-mohiyatiga sintezlashtirish jarayoni yozuvchilar asarlarining tahlili orqali ochib berilgan. Bu jarayonda ikki yozuvchining uslubiy o‘ziga xosligi, so‘z qo‘llash mahorati borasida fikrlar bildirilgan.

Topics

  • Education, Innovation and Language Studies

Primary topic Education, Innovation and Language Studies

Authors

  1. VELİ SAVAŞ YELOK ANKARA HACI BAYRAM VELİ ÜNİVERSİTESİ
  2. Poshshajon Kenjayeva